API va toʻlov integratsiyasi narxi — Toshkent va butun Oʻzbekiston boʻylab
Veb-sayt yoki mobil ilovangizni Payme, Click, HUMO va boshqa muhim servislar bilan bogʻlaymiz. Barcha toʻlovlar, buyurtmalar va statuslar xavfsiz hamda avtomatik sinxronlanadi.
Narxini bilishni istaysizmi?
Loyihangizni qisqacha gapirib bering: bepul maslahat va aniq narx beramiz. Majburiyatsiz, odatda 12 soat ichida javob qaytaramiz.
Telegramda yozing Forma toʻldirishImkoniyatlar
Payme integratsiyasi
Oʻzbekistonning eng keng tarqalgan toʻlov tizimi.
Xavfsizlik
SSL, webhook imzosi va xavfsiz tokenlar bilan himoyalanadi.
Avtomatik sinxron
Toʻlov holati real vaqtda yangilanadi, qoʻl mehnat yoʻq.
Webhook bildirishnomalar
Toʻlov amalga oshganda darhol xabar keladi.
Statistika
Toʻlovlar, muvaffaqiyatlilik foizi va qaytarishlar.
REST API
Har qanday tizim bilan ulash uchun ochiq API.
Toʻlovni qoʻlda tekshirish, pul tushdimi deb chek soʻrash va buyurtma statusini qoʻlda yangilash, bularning hammasi vaqt va xato demak. Payme, Click va HUMO integratsiyasi bu jarayonni avtomatlashtiradi: mijoz toʻlaganda tizim webhook orqali darhol xabar oladi va buyurtma statusi oʻzi yangilanadi. Biz toʻlovni saytingiz yoki ilovangizga REST API orqali xavfsiz ulaymiz, SSL va imzo bilan himoyalaymiz. Backend texnologiyasi muhim emas, ishlaydi.
Kim uchun mos?
- Internet doʻkonlar, onlayn toʻlov qabul qilish uchun
- Booking tizimlari, qabulga yozilishda toʻlov uchun
- Taʼlim platformalari, kurs toʻlovlari uchun
- Mobil ilovalar, ilova ichida toʻlov uchun
- SaaS xizmatlari, obuna toʻlovlari uchun
Qanday ishlaymiz?
Tahlil va TK
Biznesingiz, maqsad va talablarni oʻrganamiz. Loyiha tuzilmasi va funksionalligini birga aniqlab, aniq texnik vazifa tuzamiz.
Dizayn
Brend ruhida zamonaviy dizayn yaratamiz. Siz koʻrib, izoh berasiz, biz tuzatamiz.
Dasturlash va test
Dizaynni ishlaydigan tizimga aylantiramiz. Tezlik, xavfsizlik va barcha qurilmalar sinovdan oʻtkaziladi.
Ishga tushirish
Tizimni ishga tushiramiz va sizga topshiramiz. Boshqarishni oʻrgatamiz va qoʻllab-quvvatlaymiz.
Tez-tez soʻraladigan savollar
Toʻlov integratsiyasi 4 000 000 soʻmdan boshlanadi. Aniq narx tizimlar soni (Payme, Click, HUMO) va loyiha murakkabligiga bogʻliq. Bepul maslahat soʻrang, aniq hisob-kitob chiqaramiz.
Payme va Click bilan shartnoma tuzish 3-7 ish kuni. Hujjatlar tayyor boʻlsa tezroq.
Payme ~1-2%, Click ~1-2%, HUMO ~1%. Toʻlov tizimi bilan toʻgʻridan shartnomangizga bogʻliq.
API orqali toʻliq yoki qisman qaytarish amalga oshiriladi. Admin paneldan boshqariladi.
Ha, Payme, Click va HUMOni bir vaqtda ulab, mijozga tanlash imkonini beramiz.
Ha, mavjud loyihaga REST API orqali ulaymiz. Backend texnologiyasi muhim emas.
Koʻpincha birga buyuriladi
Internet doʻkon yaratish
Payme, Click va HUMO toʻlovlari ulangan, xaridlar bir necha bosishda tugaydigan internet doʻkon quramiz. Mahsulot, narx va buyurtmalarni bitta qulay panelda boshqarasiz, qoʻl mehnati esa keskin kamayadi. AI-yordamchi tovar tavsiflarini tayyorlab beradi va xaridorga 24/7 oʻzbek hamda rus tilida javob qaytaradi, shu bilan sotuvlaringiz oshadi.
12 000 000 UZS dan
Batafsil bilishOnlayn rezervatsiya tizimlari
Mijozlaringiz istalgan vaqtda onlayn qabulga yoziladi, sizga esa kun boʻyi telefonga javob berish shart qolmaydi. Avtomatik eslatmalar kelmay qolish va oʻtkazib yuborilgan uchrashuvlarni kamaytiradi. Bu tizim klinikalar, goʻzallik salonlari va oʻquv markazlari uchun ideal yechim, AI-yordamchi esa boʻsh vaqtlarni taklif qilib, yozilishni oxirigacha olib boradi.
12 000 000 UZS dan
Batafsil bilishSotuvchi veb-sayt yaratish
Tashrif buyuruvchini mijozga aylantiradigan, Googleʼda yuqori chiqadigan premium veb-saytlar quramiz. Sekundlarda ochiladi, har qanday qurilmada toza ishlaydi va sizga muntazam yangi arizalar keltiradi. Xohlasangiz, saytga AI-chatbot ulaymiz: u mijozlarga 24/7 javob beradi, savollarini yopadi va tayyor lidni toʻgʻridan toʻgʻri Telegramga uzatadi.
5 000 000 UZS dan
Batafsil bilish